YCHL. Villian "Chelsi"ning so'nggi 6 yillikdagi eng samarador futbolchisi bo'lib turibdi

3 okt 2019, 09:08
"Chelsi" Chempionlar Ligasi 2-turida "Lill"ni mag'lub etdi.

Londonliklar safida Villian gollardan biriga mualliflik qildi. Braziliyalik futbolchi "Chelsi" safida YCHLdagi debyutini 2013 yil sentyabrda o'tkazgan. O'shandan beri u musobaqada 10 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berdi. Bu davrda London klubining biror bir boshqa futbolchisi Villianchalik samaradorlik ko'rsata olmagan.


Manba: Opta