YCHL. Rossiya klublari 6 mavsumdan beri pley-offga chiqa olmayapti

Eldor Akmurzayev
24 noya 2021
Chempionlar Ligasi 5-turida “Zenit” “Malmyo” bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Sergey Semak shogirdlari “H” guruhida 3-o'rinni egallab, Yevropa Ligasiga yo'llanma oldi.

Shu tariqa, Rossiya klublari qatorasiga 6 yildan beri YCHL pley-offiga chiqa olmayapti. Oxirgi marta 1/8 finalga 2015/16 yilgi mavsum “Zenit” chiqqandi.

O'tgan davr davomida musobaqada peterburgliklardan tashqari, “Lokomotiv”, “Spartak”, “Krasnodar”, “Rostov” va SSKA ishtirok etgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru