

26 yoshli o'yinchining "Inter" bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan va u kelishuv so'nggiga qadar jamoada qolmoqchi.
Oldinroq xabar berilganidek, "Manchester Yunayted" himoyachi uchun 30 mln evro to'lashga tayyor. Futbolchi uchun shuningdek "Bavariya" da'vogarlik qilmoqda.
Dyumfris o'tgan mavsum 45ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 7ta assist qayd etdi.



