

Hal qiluvchi bahs oldidan “gazchilar” darvozaboni Dostonbek To'xtaboev fikrlariga quloq tutdik.
“Bizni juda qiziqarli o'yin kutib turibdi. “Olimpik” yaxshi jamoa. Tarkibida iqtidorli yoshlar jamlanishgan. Aytalik, Timur Kapadze shogirdlari Pro-ligada ajoyib mavsumni o'tkazdi. Demak, bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Bu o'yinga kam vaqt qolgan bo'lsa-da, puxta tayyorgarlik ko'rdik. Maqsadimiz – Superligada qolish. Buni amalga oshirish uchun bor kuchimizni sarflashga tayyormiz.
- O'yin penaltiga qadar davom etsa, “Mashal” bunga tayyormi?
- Albatta. Biz bunga ham tayyormiz.



