"Dinamo"da ham koronavirus aniqlandi

Moskvaning "Dinamo" klubida koronavirus infekciyasiga chalinishni bo'yicha yangi holat aniqlandi. "Sport-Ekspress" xabariga ko'ra, bu moskvaliklarning kamerunlik forvardi Klinton N’Ji bo'lishi mumkin.

26 yoshli futbolchi 14 kunlik karantinga olinishi kerak, u ertaga o'tkaziladigan "Krasnodar" bilan o'yinga qatnasholmaydi. "Dinamo"ning boshqa o'yinchilari izolyaciyaga olinadimi, yo'qmi hozircha noma'lum. 

Eslatib o'tamiz, bunga qadar Rossiyaning "Rostov" hamda "Ufa" klublarida koronavirus aniqlangani to'g'risida xabar qilgandik.


Manba: Спорт-Экспресс