Dinamo safarda Yangier ustidan irodali g'alabaga erishib, 2-o'ringa ko'tarildi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2021, 20:13
Pro liga 10-turi doirasida Yangier jamoasi o'z maydonida Dinamo klubini qabul qildi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq samarqandliklar darvozaboni Arslon Ahrorov qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Natijada mezbonlar legioneri Etame sovg'ani golga aylantirdi – 1:0.

Ikkinchi bo'limda Hakim Fuzaylovning zaxiradan tushirgan futbolchilari ishonchni oqlashdi. 63-daqiqada Temur Hakimov boshlab bergan hujumni Temur Usmonov jarima maydoniga etkazdi, u yerda esa himoyachi Dmitro Sidorenko raqib darvozasini ishg'ol etdi – 1:1.

O'yin yakuniga qadar zaxiradan maydonga tushgan Islom Sharipov va Siroj Meliev yakunda Dinamoga g'alaba keltirishdi. Sharipov qanotdan etkazib bergan uzatmani Meliev darvozaga yo'lladi – 1:2.

Natijada, Dinamo 18 ochko bilan Buxoroni ortda qoldirib, 2-o'ringa ko'tarildi. Azamat Abduraimov boshchiligidagi Yangier esa 9 ochko bilan 6-o'rindan joy olgan.

Pro liga. 10-tur

7 iyun (dushanba)

Yangier – Dinamo - 1:2

Hakam: Vadim Agishev

Gollar: Mpako Etame Jerome 5 – Dmitro Sidorenko 63, Siroj Meliev 85.

Yangier: 12. Nodir Ashurmatov, 3. Bekzod Tolibjonov, 6. Landriy Chamedjeu, 7. Abdumalik Toshpo'latov (Sanjar Baratov, 56), 13. Bunyod Abdumannonov, 15. Asadbek Mamaroziev, 17. Jonibek Mirzaqulov, 19. Mpako Etame Jerome (Xurshidbek Asqaraliev, 88), 23. Oybek Ahmadov, 25. Yodgor Nazarov, 27. Robbimjon Hasanov

Dinamo: 35. Aslonbek Ahrorov, 2. Dmitro Sidorenko, 9. Temur Usmonov (Islom Sharipov, 66), 15. Obid Jo'raboev, 16. Jasur Hasanov (Temur Hakimov, 46), 17. Temur Ismoilov, 21.Muhammadqodir Hamraliev, 22. G'olibbek Sariboev, 26. Komil Sharofutdinov, 77. Sardor Eminov, 88. Oleg Marchuk (Siroj Meliev, 83).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: