Diego Kosta Meksika klubiga o'tishi mumkin

Alisher
30 iyul 2022, 18:20
"Atletiko" sobiq hujumchisi Diego Kosta faoliyatini Meksika jamoasida davom ettirishi mumkin.

"Krus Asul" klubi 33 yoshli ispaniyalik bilan shartnoma imzolamoqchi.

Ispaniya terma jamoasi sobiq forvardining so'nggi jamoasi "Atletiko Mineyro"dir, u klubni shu yilning yanvarida erkin agent maqomida tark etdi.

Eslatib o'tamiz, Kosta ikki karra Ispaniya va Angliya chempioni hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: Fox Sports