

"Qachon PSJga o'tishga qaror qilganman? Yozda Kopa Amerikaga ketdim, o'sha paytda PSJ varianti paydo bo'lgan edi va bu taklif menga yoqdi. Bir yil oldin bu erga o'tishim mumkin edi, ammo esingizda bo'lsa, moliyaviy feyr-pley tufayli kelishuv amalga oshmadi. Ammo baribir Parijdaman, taqdir bo'lsa kerak.
To'g'risini aytsam, oilam Manchestyerda baxtli emas edi. Avvaliga yaxshi edi, keyin hammasi o'zgardi. Janubiy amerikalik uchun Angliyada yashash oson emas. Murabbiy bilan munosabatlarimiz yaxshi bo'lmadi, shu sababli PSJga o'tishni eng yaxshi yo'l deb bildim.
Uyimdagi o'g'irlik bu qarorga ta’sir qildimi? Albatta, ayniqsa oilam bundan qiynaldi. Bundan so'ng Manchestyerda qolishdan mano yo'q edi. Qizim rosa qo'rqib ketdi" - deydi Di Mariya.



