Di Mariya faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
7 avg 2024, 18:05
Argentinalik futbolchi Portugaliyada qoldi.

Vinger Anxel Di Mariya "Benfika" bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda "burgutlar"ning rasmiy sayti xabar berdi.

Tomonlar 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashdi. Avvalgi bitim iyul oyida yakuniga etgan, shundan so'ng futbolchi bir muddat erkin agent maqomida yurgandi.

Di Mariya qaytganidan keyin Portugaliya klubida 1 mavsum o'tkazdi. 36 yoshli argentinalik o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda ishtirok etib, 17 ta to'p kiritgan va 15 ta golga assistentlik qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: slbenfica.pt