Di Francheskoning iste'fosiga yaqin soatlar qoldi

Aslanov Jasurbek
7 mar 2019
Chempionlar ligasidagi qoniqarsiz natijadan so'ng “Roma” rahbariyati, klub bosh murabbiyi Eusebio Di Francheskoni yaqin soatlar ichida iste'foga chiqaradi, deya xabar beradi CalcioMercato.​

Italiya nashrining ma'lumotiga ko'ra, rimliklarning boshqaruviga Klaudio Raneri kelishi mumkin. 67 yoshli mutaxassis payshanba kuni tongda “Roma” vakili Franko Baldini bilan uchrashgan. Rejaga ko'ra, u klubni mavsum oxirigacha boshqaradi. Shuningdek, Albaniya terma jamoasida faoliyat olib borayotgan Kristian Panuchchi ham “Roma”ning murabbiylik kursisini egallashi mumkin.

Ma'lumot o'rnida, Di Franchesko “Portu”ga qarshi javob uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumaniga kelmagani uchun UEFA tomonidan jarimaga tortilishga yaqin turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CalcioMercato