Deyan Lovren: “Liverpul”ning mag'lubiyatida 1 yoki 2 kishini ayblamang”

5 okt 2020, 07:59
“Zenit” himoyachisi sobiq jamoasining 2:7 hisobidagi mag'lubiyatida yakka holda futbolchilarni ayblamaslikni so'radi.

“Hech qachon mag'lubiyatda bir yoki ikki kishini ayblamang. Maydonda jamoa sifatida ishlaydigan 11 futbolchi bo'ladi. Bazan yaxshi kunlar, bazan esa yomon kunlar bo'ladi. Ertaga yangi kun. Olg'a yurishda davom eting”, - deya yozadi Lovren.


Manba: Twitter/@Dejan06Lovren