

O'zbekiston milliy terma jamoasining Filippinga qarshi uchrashuvi 18:00da, “Bunyodkor” stadionida start oladi. Toshkent vaqti bilan 20:30da esa Bahrayn poytaxti Manama shahrida H guruhidagi boshqa uchrashuv bo'lib o'tadi. Unda Bahrayn o'z maydonida Yamanni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni kuzatish hamda ikkinchi saralash bosqichidagi O'zbekistonning navbatdagi raqibi - Bahrayn terma jamoasi o'yinini o'rganish maqsadida O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi a'zosi Deyan Jurjevich Manamaga uchib ketdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 29 mart kuni, Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so'nggi uchrashuvni aynan Bahraynga qarshi o'tkazadi. Ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.



