“Deportivo” bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

“Deportivo” bosh murabbiyi Pepe Melya jamoa bilan xayrlashdi.

Klub rahbariyati 54 yoshli mutaxassi bilan amaldagi shartnomani bekor qildi. U fevral oyida jamoani qabul qilib olgandi.

“Deportivo” primeroning 9 ta turida ikkita g'alabaga erishdi va 8 ochko to'plab, jadvalning 16-pog'onasida bormoqda.

Jamoaga bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib o'rinbosarlar murabbiyi Kristobal Parallo tayinlandi.



Manba: «Депортиво» клуби расмий сайти