Demichelis kelasi mavsum “Bavariya”da ish boshlaydi

Kelasi mavsum Myunxenning “Bavariya” klubi zahira jamoasining murabbiylar shtabida o'zgarish bo'ladi.

Jamoani Martin Demichelis va Denni Shvarc boshqaradigan bo'ldi. Hozirgi bosh murabbiy Xolger Zeytc esa akademiya boshqaruviga o'tib ketadi.

Eslatib o'tamiz, Demichelis “Bavariya” sharafini 2003-2010 yillarda himoya qilgan edi. U faoliyati davomida “Man Siti” va “Atletiko Madrid”da ham o'ynagan.


Manba: