De Yong va de Ligt "Ayaks"dan bitta jamoaga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2018, 16:10
"Ayaks" futbolchilari Frenki de Yong va Mateys de Ligt faoliyatini birga davom ettirmoqchi.

Futbolchilar bolaligidan beri bir-birini tanishadi va kelajakda "Ayaks"ni tark etgan taqdirda ham birga bitta jamoada o'ynashni maqsad qilishgan. 2019 yilning yozida himoyachi va xavbek uchun jiddiy kurash kechadi. Bu yigitlar xizmatlariga "Barselona", "Manchester Siti", "Real", "Yuventus" va PSJ qiziqish bildirmoqda.

"Ayaks" bu ikki futbolchi transferida 140 mln. evro ishlab olmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport