Coca Cola Superligasi. AGMK ketma-ket to'rtinchi g'alabasini "Mashal" bilan o'yinda qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2020
Coca Cola Superligasi 6-turidan o'rin olgan AGMK - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning eng asosiy vaziyatlarini ushbu sahifada kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakunlandi. AGMK - "Mashal" 1:0

90+2. O'zgarish. AGMK. Amanov o'rniga Rahmonov tushdi.

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

90. ZARBAAAAAAAAAAA! "Mashal" hujumchisi Didar Durdiev qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, Sultonov to'pni ushlab oldi

89. Xavfli vaziyat! ZARBAAAAAAAAAAAAA! Ifeani jarima maydoni ichida bir o'zi qoldi va zarba berdi, to'pni Sultonov qaytardi! SEYV! 

87. O'zgarish. "Mashal". Vasilev va Pavlenko o'rniga Durdiev va Abdusalomov tushdi

84. Ogohlantirish. "Mashal". Najmiddin Normurodov

82. O'zgarish. AGMK. Sanjar Tursunov o'rniga Erkin Baydullaev tushdi

76. O'zgarish. "Mashal". Meliev o'rniga Ifeani tushdi

72. O'zgarishlar. AGMK. Qosimov o'rniga Nurmatov, Abduraximov o'rniga Erkinov tushdi.

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Akmal Shorahmedov o'ng qanotdan uzatgan to'pni Bahrom Abdurahimov darvozaga yo'lladi - 1:0

61. Ogohlantirish. "Mashal". Rahimjon Davronov o'yin vaqtini cho'zgani uchun

58. ZARBAAAA! Raqib jarima maydoni ichida Arslanmirat Amanov zarba berdi, noaniq!

56` Xavfli hujum! Murod Toshmatovning qanotdan kirib darvozaga tepgan zarbasiga birozgina aniqlik yetishmadi.

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+3. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi

38. Nikita Pavlenkoning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi yo'liga Yovan Jokich to'g'anoq bo'ldi

34` Uzoq davom etgan hujum xavfli chiqdi. Biroq "Mashal" himoyasi hozircha tartibli o'ynamoqda.

31. Xavfli vaziyat! Mehmonlar vakili Sherzod Temirov jarima maydoniga yorib kirdi va zarba berdi, to'p himoyachiga tegib tezligini pasaytirdi va Sultonovning qo'llariga borib tushdi

24` Ogohlantirish. "Mashal" Abbos Shodmonov.

21` Uzoq davom etgan hujum, Arslonmirat Amanovning zarbasi bilan yakunlandi. Zarbaga aniqlik yetishmadi.

10` Ajoyib hujum. Toshmatov - Abduraximov - Qosimov kombinaciyasidan keyin Mirjamol tomonidan yo'llangan zarbani darvozabon qaytardi.

9` Murod Toshmatovning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

5. Dastlabki daqiqalarda jamoalar raqib himoyasini yorib o'tishga harakat qilishmoqda

1. O'yin boshlandi


Coca Cola Superliga. 6-tur
27 iyun, shanba
19:00 AGMK – MASH'AL 1:0
Hakamla
r: Asker Najafaliev, Sultonmurod Ulfatov, Sardor Nishonboev, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Ramil Ilyasov.

Gol: Bahrom Abdurahimov 71, - 1:0 (Akmal Shorahmedov).

AGMK: 32.Suhrob Sultonov - 2.Akmal Shorahmedov (sardor), 5.Dilshod Jo'raev, 44.Bobur Yo'ldoshev, 11.Murod Toshmatov - 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov (10.Shahzod Nurmatov, 72) - 17.Sanjar Tursunov, 18.Bahrom Abduraximov (8.Hojimat Erkinov, 72), 77.Arslonmirat Amanov - 9.Zafar Polvonov.
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 3.Sardor Rahmonov, 6.Erkin Baydullaev, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 21.Mate Vatsadze, 31.Saydullo Rahmatov, 88.Igor Zonich.

"Mashal": 35.Rahimjon Davronov (s), 5.Najmiddin Normurodov, 6.Sirojiddin Rahmatullaev, 9.Nikita Pavlenko (99.Jahongirbek Abdusalomov, 87), 10.Sherzod Temirov, 11.Mo'minjon Meliev (7.Ifeani Ifeani, 76), 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 18.Abbos Shodmonov, 22.Sirojiddin Qo'ziev, 23.Samandar Shukurillaev, 33.Denis Vasilev (70.Didar Durdiev, 87).
Zaxira: 12.Dostonbek To'xtaboev, 8.Ahror Inoyatov, 15.Muhammadali Aliqulov, 21.Maruf Jumaev, 28.Ubaydullo Xoliqulov, 77.Ibrohim No'monov, .

Ogohlantirishlar: Abbos Shodmonov 24, Rahimjon Davronov 61, Najmiddin Normurodov 84,




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia