Chust-Paxtakor Robert Gay bilan osonlikcha xayrlashmoqchi emas

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2013, 18:09
Sharq mintaqasi ishtirokchisi Chustning Chust-Paxtakor jamoasini joriy yildan Robert Gay boshqarib kelmoqda.
Aytish kerakki, ushbu mutaxassis Chustda yoshlardan iborat kurashchan jamoani shakllantira oldi. Uning klubi ko'rsayotgan o'yin ham ko'pchilikda iliq taassurot qoldirmoqda deyish mumkin. Shu bois bosh murabbiy Robert Gayga oliy va birinchi liga klublaridan qiziqish bo'lmoqda. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Robert Gay ikkinchi davradan Navbahor murabbiylar shtabida ishlashi kutilmoqda. Bunga oydinlik kiritish maqsadida, Chust-Paxtakor jamoasi rahbari Faxriddin Najmiddinov bilan suhbatlashdik.

Darhaqiqat, oxirgi paytlarda Gayning Navbahorga o'tishi haqidagi gaplar urchib ketdi. Lekin bilasizmi, bosh murabbiyning jamoamiz amalda tuzgan bir yillik shartnomasi mavjud. Shu bois u avvalo biz ruxsat bersakkina, boshqa jamoaga o'tib ishlaydi. To'g'ri, bugungi kunda Gayga Navbahor va Andijon klublari qiziqishayotganligi to'g'risida gaplar yuribdi. Lekin hech qaysi klub hozircha bizga rasmiy taklif bilan chiqmagan. Gayning o'zi ham jamoadan ketishni o'ylamayapti. Uning faoliyatidan to'la to'kis qoniqish xosil qilmoqdamiz. Shunga monand bosh murabbiyimizga barcha sharoitlarni yartib berganmiz. Umid qilamanki, Gay bilan xamkorligimiz uzoq muddat davom etadi, - deydi "Chust-Paxtakor" jamoasi rahbari.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia