"Chelsi" tarixiy antirekordni o'rnatdi

22 apr 2026, 11:00
"Chelsi" 114 yildan beri birinchi marta ketma-ket beshta o'yinida APLda gol ura olmadi.

Kecha London jamoasi "Brayton"ga 3:0 hisobida yutqazdi. Shu tariqa, "Chelsi" Angliya Premer-ligasida ketma-ket beshta o'yinda gol ura olmadi. Bu haqda Squawka o'zining X ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berdi.

Liam Rosenior shogirdlari bungacha Angliya Premer-ligasida "Manchester Yunayted" (0:1), "Manchester Siti" (0:3), "Everton" (0:3) va "Nyukasl"ga (0:1) mag'lub bo'lishgan edi.

Premer-ligadagi 34 ta o'yindan so'ng "Chelsi" 48 ochko to'plagan va ettinchi o'rinda bormoqda. "Ko'klar" keyingi o'yinda "Nottingem Forest"ga qarshi o'tkazadi.


Manba: Squawka