"Chelsi" Konteni "Inter"ga qo'yib yubormaslik uchun yangi bitim taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
2 mar 2017, 12:15
"Chelsi" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega shartlari yaxshilangan yangi bitim taklif qilishi mumkin.

London klubidagilar shu yo'l bilan italiyalik mutaxassisni klubda saqlab qolmoqchi.

Hozirgi kelishuv shartlariga ko'ra , Konte "Chelsi"da yiliga 6,5 mln. funt (7,5 mln. evro) ishlab topadi. Bitim 2018 yilda yakuniga etadi.

Oldinroq Konte kelasi mavsum "Inter"ni boshqarishga rozi bo'lgani e'lon qilingan edi. Italiya klubining xitoylik egalari mutaxassisga yiliga 15 mln. evro taklif qilishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror