"Chelsi" "Brayton" vingeriga qiziqib qoldi

Omonjon To`xtamirzayev
18 dek 2023, 18:27
"Chelsi" "Brayton end Xouv Albion" va Kot-d'Ivuar termasi yarim himoyachisi Simon Adingraga qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsum 21 yoshli vinger APL va Yevropa Ligasining 21 o'yinida 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma etkazib berdi. Adingraning "Brayton" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi. 

"Transfermarkt" portali ivuarlikni 15 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: todofichajes.com