Chalxano'g'li 48 soat ichida “Milan”ga o'tadi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2017
“Bayer” yarim himoyachisi Hoqon Chalxano'g'lini “Milan”ga o'tishi kutilmoqda.

Ushbu transfer yaqin 48 soat ichida amalga oshishi kutilmoqda. Transfer summasi 21 millionni tashkil etadi va yana 4 million bonus ham bunga qo'shiladi. Futbolchining o'zi shaxsiy kelishuvga erishdi va “Milan”ga o'tishga rozi. Klublar so'nggi rasmiyatchilik ishlarini amalga oshirishmoqda.

O'tgan mavsumda Hoqon Bundesligada 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 5 ta golga hammualliflik qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football-italia.net