"Buxoro" bugun asr g'alabasini qo'lga kiritishi mumkin

Sherzod Nurmatov
13 may 2023, 12:26
"Paxtakor" bugun Superliganing 10-turida o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi.

Jamoalar shu kungacha Toshkentda o'zaro 29 marotaba to'qnash kelishgan. Mutlaq ustunlik maydon egalari tomonida – 26 g'alaba. 

"Buxoro" o'z tarixida faqat bir marotaba "Paxtakor"dan mehmonda uch ochko olgan, u ham bo'lsa 1996 yilgi mavsumda ro'y bergan. 

XXI asrda "Buxoro" bu ishning hali uddasidan chiqqani yo'q. 2016 yildan beri "sherlar" o'z maydonida faqat g'alaba qozonib kelyapti. 

"Buxoro" Bakaev bilan bugun qanday natija ko'rsatadi?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia