“Bunyodkor”ning O'zbekiston kuboklaridagi natijalari

Narzulla Saydullayev
1 avg 2013, 11:55
Kecha “Jar” stadionida O'zbekiston kubogi yarim final dastlabki uchrashuvlari doirasidagi “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli kechgan bahsda kuchlar teng keldi – 2:2. Birinchi bo'limdan so'ng mehmonlar ikkita to'p farqi bilan oldinda borishgan bo'lsalar-da, ikkinchi 45 daqiqalikda Mirjalol Qosimov tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan Igor Taran va Oleg Zoteev bittadan to'p kiritib, yakuniy natija jangavor durang bo'lishini taminladilar.

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi O'zbekiston kubogidagi debyut uchrashuvini 2006 yilda nishonlagan. O'shanda “Quruvchi” nomi ostida O'zbekiston Birinchiligida qatnashgan jamoamiz saralash bosqichda “Shayxontoxur” ustidan 3:1 hisobidagi g'alabani tantana qilgandi. “Qaldirg'ochlar”ning mamlakat kubogidagi ilk goliga Ravshan Teshaboev mualliflik qilgan.

Shu kungacha “Bunyodkor” O'zbekiston kubogining hal qiluvchi final uchrashuvlarida besh bor harakat qilgan. 2008, 2010, 2012 yillardagi musobaqalarning bosh sovrini aynan bunyodkorchilarga nasib etgan.

Umuman olganda “Bunyodkor” bugungi bahsgacha mamlakat kubogi musobaqasida 48ta uchrashuv o'tkazgan. Shularning 39tasida g'alaba, 5ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar farqi – 102:26.

Kechagi uchrashuv “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalarining mamlakat kubogi doirasidagi ikkinchi to'qnashuvi sifatida qayd etildi. Bungacha bu ikki jamoa 2006 yilgi O'zbekiston kubogining 1/16 final bahsida temiryo'lchilarning qo'llari baland kelgandi – 3:1.

Yil

Bosqich

Uchrashuv

2006

Saralash

“Bunyodkor” – “Shayxontoxur” 3:1

1/16 final

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 1:3

2007

1/16 final

“Shahrixon” – “Bunyodkor” 1:3

1/8 final

“Traktor” – “Bunyodkor” 0:1, “Bunyodkor” – “Traktor” 4:0

1/4 final

“Andijon” – “Bunyodkor” 0:1, “Bunyodkor” – “Andijon” 3:0

1/2 final

“Mashal” – “Bunyodkor” 0:0, “Bunyodkor” – “Mashal” 2:1

Final

“Paxtakor” – “Bunyodkor” 0:0, pen. bo'y. 7:6

2008

1/8 final

“Jayxun” – “Bunyodkor” 0:2, “Bunyodkor” – “Jayxun” 2:0

1/4 final

“Dinamo” – “Bunyodkor” 0:1, “Bunyodkor” – “Dinamo” 1:0

1/2 final

“Olmaliq” – “Bunyodkor” 1:4, “Bunyodkor” – “Olmaliq” 4:0

Final

“Bunyodkor” – “Paxtakor” 3:1

2009

1/8 final

“Dinamo-Qarshi” – “Bunyodkor” 0:2

1/4 final

“Bunyodkor” – “Sho'rtan” 2:1

1/2 final

“Nasaf” – “Bunyodkor” 0:2, “Bunyodkor” – “Nasaf” 3:0

Final

“Paxtakor” – “Bunyodkor” 1:0

2010

1/16 final

“Buxoro” – “Bunyodkor” 0:2

1/8 final

“Nasaf” – “Bunyodkor” 1:2, “Bunyodkor” – “Nasaf” 1:1

1/4 final

“Andijon” – “Bunyodkor” 1:4, “Bunyodkor” – “Andijon” 3:1

1/2 final

“Neftchi” – “Bunyodkor” 2:3, “Bunyodkor” – “Neftchi” 4:1

Final

“Bunyodkor” – “Sho'rtan” 1:0

2011

1/16 final

“Xiva” – “Bunyodkor” 1:3

1/8 final

“Bunyodkor” – “Erqo'rg'on” 5:0, “Erqo'rg'on” – “Bunyodkor” 1:1

1/4 final

“So'g'diyona” – “Bunyodkor” 1:3, “Bunyodkor” – “So'g'diyona” 2:0

1/2 final

“Bunyodkor” – “Nasaf” 1:0, “Nasaf” – “Bunyodkor” 1:0, pen. bo'y. 4:3

2012

1/16 final

“Bunyodkor” – “Nasaf-2” 5:0

1/8 final

“Bunyodkor” – “Sho'rtan” 2:0, “Sho'rtan” – “Bunyodkor” 0:1

1/4 final

“Bunyodkor” – “Mashal” 3:0, “Mashal” – “Bunyodkor” 0:0

1/2 final

“Bunyodkor” – “Paxtakor” 1:1, “Paxtakor” – “Bunyodkor” 1:3

Final

“Bunyodkor” – “Nasaf” 3:0

2013

1/4 final

“Bunyodkor” – “Mashal” 1:1, “Mashal” – “Bunyodkor” 0:2

1/2 final

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 2:2


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com