"Bunyodkor" sobiq ustozi Braziliya chempionati g'olibiga aylandi

Aslanov Jasurbek
26 noya 2018, 11:26
Braziliya chempionatining 37-turida musobaqa g'olibi nomi aniq bo'ldi.

Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Palmeyras" mehmonda "Vasko da Gama"ni 1:0 hisobida taslim etdi va turnir yakunlanishiga bir tur qolganda chempionga aylandi. Ikkinchi o'rin sohibi "Flamengo" chempiondan 5 ochko ortda qolib ketdi.

Bu "Palmeyras" uchun 10-chempionlik bo'ldi. Shunday qilib ular ushbu turnir rekordchisiga aylanishdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha ularning eng yaqin taqibchisi "Santos" klubi hisoblanadi (8ta chempionlik). 

Ayni damda "Palmeyras"ni 2009-2010 yillarda "Bunyodkor"ga ustozlik qilgan Luis Felipe Skolari boshqarmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia