Bugun JCH-2022'ning 31-ishtirokchisi ma'lum bo'ladi

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2022, 09:20
Bugun, 13 iyun kuni Al Rayyandagi “Ahmad bin Ali” stadionida mundial pley-offidan o'rin olgan Avstraliya hamda Peru termalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi. Unda g'olib bo'lgan jamoa esa jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Eslatib o'tamiz, avstraliyaliklar pley-offning ilk bosqichida BAAni 2:1 hisobida taslim etdi, Peru esa KONMEBOLdan kvalifikaciya raundiga yo'l olgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia