

Dastlab Chempionlar ligasi, so'ngra Yevropa ligasiga qur'a tashlanadi. Chorak finalda hech qanday savatcha bo'lmaydi, yani istalgan klub istalgan raqib bilan to'qnash kelib qolishi mumkin.
YCHL chorak finaliga quyidagi klublar yetib kelishdi: "Atletiko", "Barselona", "Real", PSJ, "Bavariya", "Volfsburg", "Benfika" va "Manchester Siti".
Yevropa ligasida kuchli sakkizlikka quyidagi klublar kirishdi: "Borussiya" Dortmund (Germaniya), "Liverpul" (Angliya), "Sparta" (Chexiya), "Vilyarreal" (Ispaniya), "Atletik" Bilbao (Ispaniya), "Sevilya" (Ispaniya), "Shaxter" (Ukraina), "Braga" (Portugaliya).
Chempionlar ligasi chorak finaliga qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da, Yevropa ligasi - 17:00da boshlanadi.



