

“Rossiyada o'tkaziladigan JCH-2018dan so'ng faoliyatimni yakunlash? Ha, bu ma'lumot 99,9 % haqiqat. Yana bir mavsum yuqori sport formasida o'yin namoyish etish imkoniga egaman. Shundan so'ng men anchadan beri gapirishim kerak bo'lgan so'zni aytaman: “Hammasi uchun rahmat!”.
“Yuventus” klubi prezidenti Andrea Anelli bilan esa biz eshikning bir tabaqasini ochiq qoldirdik. Agar “Yuventus” kelasi mavsum YCHLda g'olib chiqib, klublar o'rtasidagi mundialda qatnashish huquqini qo'lga kiritsa, Turinda qolaman”, - dedi 39 yoshli posbon Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.




