Botir Qoraev: "Buxoro" so'nggi o'rindaligi uchun ham xavfli raqib"

Narzulla Saydullayev
26 avg 2020
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Botir Qoraev o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. "Buxoro" jamoasi so'ngi pog'onada borayotgan edi. Shuning uchun ham ular bor kuchlari bilan o'ynashlarini bilar edik. O'yin boshida biroz qiynaldik. Golgacha bizda ikkita qulay imkoniyat bo'ldi  ammo, foydalana olmadik. Barchani g'alaba bilan tabriklayman",- deydi Botir Qoraev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia