Menxengladbaxning "Borussiya" klubi Mark-Andre ter-Shtegenni “Barselona”ga bergandan so'ng qaysi darvozabonni o'z safiga olishini aniqlab oldi, deb xabar beradi Express.
Ayni paytda "Borussiya" klubi “Bazel” darvozaboni Yann Zommerga qiziqmoqda. Menxengladbaxliklar 25 yoshli shveytsariyalik futbolchi uchun 8,5 million evro taklif etib, u bilan 2017-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashmoqchi.