

Klub matbuot-xizmatining xabariga ko'ra, yangi shartnoma 2016 yilgacha davom etadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi esa 2015 yilning iyunida tugaydi.
194-santimetr bo'yga ega futbolchi “Bordo” safida 2006 yildan beri o'ynab keladi. U bu klubga "Sentr Salif Keyt"dan o'tgan edi. O'tgan mavsumda Diabate “Bordo” safida 24 ta o'yin o'tkazgan va 8 gol urib, bitta natijaviy to'p uzatishni amalga oshirgan.



