Bernardu portugaliyaliklar orasida APLdagi o'yinlar soni bo'yicha rekordchiga aylandi – 297. Ronaldu – uchlikda

13 apr 2026, 10:10
Bernardu Silva APLdagi o'yinlar soni bo'yicha portugaliyaliklar orasida yakka liderga aylandi.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi 297 o'yin o'tkazib, Luish Boa Morteni ortda qoldirdi. "Arsenal", 'Fulxem" va "Vest Xem"da o'ynagan sobiq xavbekning hisobida 296 o'yin bor edi.

Uchlikni Krishtianu Ronaldu 236 o'yin bilan yakunlaydi.

Avvalroq Bernardu mavsum oxirida "Man Siti"ni tark etishi haqida xabarlar chiqqan edi. Xavbek klubda 2017 yildan beri o'ynamoqda.


Manba: SPORTS.RU