

Bugun Kris van Puyvelde o'z yordamchilari Bekir Tedek va O'zkilich Kemal bilan birgalikda O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, O'FF va Belgiya Futbol Federatsiyasi o'rtasidagi bolalar-o'smirlar hamda ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha suhbat olib bordi.
Suhbat chohida O'zbekistonda bolalar-o'smirlar futbolini rivojlantirishning yangi modeli, rivojlantirish loyihasining 4 ta mintaqaga bo'lib, ularga alohida xorijlik texnik direktorlarni jalb qilish, O'zbekiston Futbol Federatsiyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi futbolning rivojlanishini monitoring qiladigan va buning uchun javob beradigan Texnik direktor tayinlash, bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha Belgiya taraqqiyot modelini va tajribasini O'zbekistonda tadbiq qilish, yurtimizdagi musobaqalar va futbol tadbirlarida skauting, yani selekciya ishlarini takomillashtirishda Belgiya va Yevropa mamlakatlari tizimini yo'lga qo'yish, O'zbekistondagi iqtidorli va istedodli yosh futbolchilarni tanlab olib, Belgiya va Yevropa mamlakatlarining katta futbol akademiyalari va professional jamoalariga yuborish masalalari xususida so'z bordi.
Belgiyalik mutaxassis 19 yanvarga qadar yurtimizda bo'lib, bolalar futbolini rivojlantirish, murabbiylar tayyorlash, selekciya bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishadi.
Shuningdek, Kris van Puyvelde "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor" stadionlariga tashrif buyurib, bu yerdagi infratuzilma, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.




