

2006-2008 yillar davomida Dinamo klubida to'p surgan Baxtiyor Sattorov, futbolchilik faoliyatidan keyin 2013 yilda Dinamo PFK ijrochi-direktori lavozimida ishlagan edi. 2014-2016 yillarda esa Muborakning Mashal klubida katta murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatdi. Joriy yilda esa Sherdor klubida ish yuritayotgandi.
Bolalar-o'smirlar futbolida ishlash bo'yicha yaxshi tajriba va yuqori malakaga ega 32 yoshli mutaxassis Dinamo PFK tasarrufidagi futbol maktabida ham muvaffaqiyatli ish olib borishiga ishonib qolamiz.




