Baxtiyor Boboev: "Bunyodkor"da kuchli murabbiy ishlashi lozim"

Narzulla Saydullayev
21 okt 2015, 19:28
"Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar direktori Baxtiyor Boboev ishtirok etdi.

"Yigitlarga rahmat. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishdi. Barcha futbolchi o'ziga aytilgan ko'rsatmalarni aniq bajardi.

Yigitlar raqib o'yiniga qarab harakat qilishdi. 

Ko'proq gol urishimiz mumkin edi? Bu bizning aybimiz. Ikkinchi raqam ostida harakat qilganimizda doimo sovuqqonlik yetishmaydi. Yoshlarga biroz tajriba yetishmayapti. Bu borada albatta ish olib boramiz. 

Men bosh murabbiy emasman. Biz murabbiy qidiryapmiz. Shoshib kimnidir qo'yib qo'ymoqchi emasmiz. Variantlarimiz bor. 

Bu borada izlanishlar olib bormoqdamiz. Mahalliy murabbiy yoki chet eldan bo'ladi deya olmaymiz. Qosimov? Variantlarimiz orasida Mirjalol Qosimov ham bor. Bunday vaziyatda tezkorlik bilan boshqa murabbiy qo'yib bo'lmaydi. Shu sababli, men o'zim jamoani boshqarib turibman. 

OCHLga chiqish chiqmasligimizdan qatiy nazar jamoamizda kuchli murabbiy ishlashi lozim", deydi Boboev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia