Baxtiyor Ashurmatov: "Biz o'z maqsadimiz sari olg'a boraveramiz"

Narzulla Saydullayev
7 apr 2019, 22:25
“Buxoro” – “Qizilqum” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- O'z maydonimizdagi dastlabki o'yinda jamoamiz muxlislari uchun g'alaba qozonish maqsadida harakat qildik. Afsuski, muxlislarimiz ishonchini oqlay olmadik. Ikkinchi bo'limdagi nursiz o'yinimiz uchun ishqibozlardan uzr so'rayman. Birinchi bo'limda yigitlar yomon harakat kilishmadi, jamoamiz tarkibidagi futbolchilarning jismoniy holati bir xil emas. Mavsumga tayyorgarlik jarayonida tarkib bilan muammolarimiz bor edi. Murabbiy sifatida shuni aytamanki, biz o'z maqsadimiz sari olg'a boraveramiz, yo'qotilgan muhim ochkolarimizni kelgusi turlarda qo'lga kiritishga harakat qilamiz, - dedi murabbiy.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz