"Bavariya" Teo Ernandes va Raumga qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
28 noya 2024, 17:06
Ma'lumotlarga qaraganda, "Bavariya" "RB Leyptsig"dan David Raumni sotib olish haqida o'ylamoqda.

Himoyachining o'zi Myunxen klubiga o'tishga qarshi emas – takidlanishicha, Raum "Bavariya" sport direktori Maks Eberl bilan yaxshi aloqada. Maks o'z vaqtida "RB Leyptsig"da ishlagani bunga sabab bo'lgani aytilmoqda.

Shuningdek, "Bavariya" "Milan" himoyachisi Teo Ernandesni ham kuzatmoqda. Klub Alfonso Devis jamoani tark etishi mumkinligi tufayli, fransiyalikni o'tgan yozdayoq kuzatishni boshlagan. Teoning "Milan" bilan 2026 yilgacha shartnomasi mavjud. Keyingi yil yozda bir yillik shartnomasi qolgan Ernandesning narxi 60 million evro bo'lishi taxmin qilinmoqda.

O'z navbatida Alfonso Devisning "Bavariya" bilan kelishuvi 2025 yilning yozigacha mo'ljallangan. Avvalroq, kanadalik erkin agent sifatida "Real"ga ko'chib o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: iMiaSanMia