"Bavariya" Komanni MYUga sotishdan bosh tortdi

Alisher
15 dek 2020
"Bavariya" "Manchester Yunayted"ga vinger Kingsli Komanni sotmadi.

Manchesterliklar yanvarda o'yinchi bilan shartnoma imzolashmoqchi edi. MYU francuzni Jeydon Sanchoning o'rniga xarid qilmoqchi edi, ammo Myunxen klubi o'yinchini sotmasligi bildirdi.

Koman joriy mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 8ta assist qayd etdi.

24 yoshli o'yinchining Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports