Bartra JCH-2018da Karvaxalning o'rnini egallashi mumkin
Aziz Tukhtamuradov
27 may 2018
"Betis" futbolchisi Mark Bartra YCHL finalida jarohat olgan Daniel Karvaxalning o'rniga JCHga borishi mumkin.
Bungacha ushbu nuqtada "Barselona" futbolchisi Serxi Roberto ikkinchi raqamli nomzod sifatida qayd etilgandi. Biroq, "engilmas armada" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi boshqa nomzodlarni ko'rib chiqishini ma'lum qilgan.