"Barselona"ga navbatdagi zarba: Jamoa himoyachisi operaciya qilinadi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2024
Kuni kecha "Barselona" Ispaniya kubogi chorak finali doirasida "Atletik"ka 2:4 hisobida yutqazib musobaqani tark etgandi.

"Barselona" himoyachisi Aleks Balde aynan shu bahsda jarohat olgandi.

Chuqurlashtirilgan tekshiruvlar yomon natijalarni ko'rsatdi: futbolchining mushaklari jiddiy shikastlangan. Balde tez orada operaciya qilinadi. Buning uchun futbolchining agenti Jorje Mendeshning roziligi zarur.

Odatdan bunday jarohatlardan so'ng eng tez maydonga qaytish muddati 4 oyni tashkil etadi.

Bu mavsum Balde La Ligada 18ta o'yinda maydonga tushdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com