"Barselona" yangi mavsum uchun libosini taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2024, 13:41
"Barselona" 2024/25 mavsum uy o'yinlarida qaysi liboslarda o'ynashini ko'rsatdi.

Nike brendi tomonidan ishlab chiqilgan forma ananaviy ranglarda (ko'k-anorrang). "Barselona"ning 125 yilligiga bag'ishlangan futbolka dizayni jamoaning ilk libosidan olingan. Klub emblemasi markazda joylashadi.

"125 yillik yubileyimizni nishonlash uchun “Barselona”ning 2024/25 yilgi futbolkasi klub merosi, tarixi va kelib chiqishidan ilhomlangan. Asosiy ranglar sifatida ko'k anorrangdan foydalanib, jamoaning butun tarixi davomida o'zligini aks ettiruvchi maxsus, o'ziga xos va ramziy dizayn yaratilgan" - deyiladi klub xabarida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com