"Barselona" Yamal joriy mavsum boshqa o'ynolmasligini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
23 apr 2026, 18:40
"Barselona" o'zining rasmiy veb-saytida vinger Lamin Yamal uchun 2025/26 yilgi mavsum yakunlanganini bildirdi.

Bugun, 23 aprel kuni 18 yoshli futbolchi "Selta"ga qarshi La Liga o'yinida ("Kamp Nou"da 1:0) jarohat olganidan so'ng chuqur tekshiruvdan o'tdi.

Yamalda chap sonning ikki boshli mushagi yirtilishi aniqlandi. Lamin konservativ davolanadi va uning hozirgi klub mavsumi allaqachon tugadi.

Ispaniya gazetalari bunday jarohatlarning tiklanish davri 4-5 hafta davom etishini xabar qilmoqda, yani Yamal JCH-2026'da qatnashishi mumkin bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com