"Barselona" "Kamp Nou" abonementlarining sotuvini boshladi

Omonjon To`xtamirzayev
8 okt 2024
"Barselona" mavsumning ikkinchi qismi uchun "Kamp Nou" abonnementlari sotuvi boshlanganini e'lon qildi.

Sotuvga 45 ming abonement chiqarilgan bo'lib. Ularning narxi 260 evrodan 755 evrogacha. Xohlovchilar 11 - 23 oktyabr oralig'ida so'rov yuborishlari mumkin, agarda talab bor abonementlardan ko'proq bo'lsa, muxlislar o'rtasida qur'a tashlanadi.

"Olimpiko de Monjuik" abonementlari egalari esa 25 - 27 oktyabr kunlari abonementni qo'lga kiritish uchun qo'shimcha imkoniyat bo'lishi aytilmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com