"Barselona" ilk rasmiy transferini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
15 iyun 2022
"Barselona" "Rasing"dan yosh yarim himoyachi Pablo Torre bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Istedodli futbolchining transferi "ko'k-anorranglilar"ga 5 million evroga tushdi.

19 yoshli Torre Ispaniya Segundasining "Rasing" jamoasida ikki mavsum davomida harakat qildi. Mamlakat ikkinchi divizionida o'tkazgan 35 uchrashuvda yosh yarim himoyachi beshta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa Torre “Barselona”ning ushbu transfer oynasidagi ilk xaridiga aylandi. Klub, shuningdek, "Lids" yarim himoyachisi Rafinya Diasning transferi borasida ham faol muzokaralar olib bormoqda. Klub, shuningdek, himoyachi "Chelsi"ni tark etayotgan Andreas Kristensenni o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fcbarcelona.com