

"Barselona" Ispaniya chempionatida 6 turdan keyin 18 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. "Ko'k-anorranglar" o'z tarixlaridagi eng yaxshi startni amalga oshirishni uddalashdi. Hozirgacha "Barsa" 22 gol kiritdi, yani har bir o'yinda o'rtacha 3,6 goldan to'g'ri keladi.



