Ballardini darhol "Jenoa" futbolchilari bilan mashg'ulot o'tkazdi

21 dek 2020, 20:58
Italiyaning "Jenoa" klubi matbuot xizmati biroz oldin jamoaga Davide Ballardini murabbiy etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.

E'tiborli jihati shundaki, 56 yoshli italiyalik mutaxassis darhol jamoa futbolchilarini to'plab, birinchi mashg'ulotini boshlab yubordi.

Italiya A Seriyasining ortda qolgan 13 turidan keyin "Jenoa" 7 ochko bilan turnir jadvalining 19-pog'onasini egallab turibdi.

Rasmiy xabar: "Jenoa"ga yangi murabbiy tayinlandi 


Manba: genoacfc.it