

“Napoli” sport direktori Kristiano Juntoli anchadan buyon “Zenit” hujumchisi Syerdar Azmunni kuzatib keladi. Neapolliklar eronlik hujumchi transferi uchun yaxshigina mablag' sarf etishga tayyor. Ammo “Zenit” futbolchi bilan hozircha xayrlashish niyatida emas. Futbolchi o'tgan mavsum “Zenit”ning RPLda g'olib chiqishida asosiy rollardan birini o'ynagandi.



