Azar yaxshi formada va "Real"dagi jamoadoshlari bilan mashg'ulotlarda davom etmoqda

Aziz Tukhtamuradov
7 avg 2021, 08:11
"Real" futbolchisi Eden Azar yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishda davom etmoqda.

28 iyun kuni belgiyalik futbolchi Evro bahslari doirasida jarohat olgandi. O'shanda u taxminan 1 oyga safdan chiqqani haqida xabar qilingandi. 

Bu vaqt oralig'ida Azar tiklandi va safga qaytdi. 

30 yoshli futbolchi yaxshi formada va jamoa bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. 

"Real" La Ligadagi ishtirokini 14 avgust kuni "Alaves"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca