Ayollar futboli. "Sho'rtan" U-16 - O'zbekiston vice-chempioni!

Narzulla Saydullayev
19 okt 2021, 18:17
OFK va O'FA talabiga asosan barcha professional futbol klublarida ayollar U-16 futbol jamoasi ochildi.

O'zbekiston chempionati U-16 final bosqichigacha yetib kelgan 10 jamoalar “A” va “B” guruhi bo'linishdi.

Ushbu musoboqada ishtirok etayotgan yosh qizlarimiz “Xorazm- W” (Urganch), “Turon-W” (Yaypan), “Bunyodkor- W” (Toshkent) hamda “Andijon- W” (Andijon) jamoalari bilan “A” guruhidan joy olishdi. “B” guruhida esa “Metallurg- W” (Bekobod), “Sevinch- W” (Qarshi), “Dinamo- W” (Samarqand), “Aral Samali- W” (Nukus) va “AGMK- W” (Olmalik).

Xabaringiz Qarshi shaxrida “Geolog” va “Mehnatchi” stadionlarida bir hafta davom etgan 16 yoshli qizlar o'rtasidagi mamlakat chempionatining final bosqich o'yinlari nihoyasiga etdi.

Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida guruh g'oliblari “Sevinch” va “Sho'rtan” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.

E'tiborli jihati, ikkala jamoa ham guruhda bir xil natija ko'rsatishdi – uchtadan g'alaba va bittadan durang. Mazkur uchrashuvda G'uzorlik qizlar finalda faxrli ikkinchi o'rinni egallashdi.

“Sho'rtan” futbol klubi “yosh qaldirg'ochlari”, o'zlarining birinchi yutuqlari bilan klub tarixga zarhal harflari bilan bitildi.

Bugun klub rahbariyati G'uzor shahrining “Sho'rtan” futbol klubida “Sho'rtan U-16” qizlar jamoasini taqdirlash marosi bo'lib o'tdi.

Tadbirda jamoa bosh murabbiyi Zebo Jo'raeva va futbolchilarga qimmat baho sovg'alar bilan topshirildi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати