“Ayntraxt” futbolchisida ham koronavirus aniqlandi

20 mar 2020, 09:29
Frankfurtliklar a'zosi ham virusni yuqtirib oldi.

“Burgutlar” rasmiy sayti xabariga ko'ra, klub futbolchisining shamollash vaqtida koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy natijalarni taqdim etgan. Uning ism-sharifi oshkor etilmagan. Qayd etilishicha, klubning barcha vakillari ikki haftalik karantinga olingan.


Manba: “Айнтрахт” расмий сайти