Avstraliya bosh murabbiyi: "Agar o'z o'yinimizni ko'rsatsak, Gonduras bizga qarshilik qila olmaydi"

Xayrulla Xoliqov
15 noya 2017, 12:26
Bugun JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan Avstraliya - Gonduras bahsi bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 14:00da start oladi.

Xabaringiz bor, Gondurasda kechgan birinchi uchrashuvda 0:0 hisobida qayd etilgan, shunday ekan Avstraliyani istalgan hisobdagi g'alaba qoniqtiradi. Avstraliya bosh murabbiyi Ange Postekoglu o'yindan oldin bergan intervyusida shunday dedi: 

"Men 11ta eng kuchli futbolchini tanlab olaman va biz faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Birinchi o'yinda ko'p futbolchilarimiz jarohat tufayli maydonga tusha olishmadi. O'ylaymanki, javob uchrashuvida optimal tarkibda bo'lamiz".

"Biz Gonduras"ni  yaxshilab o'rgandik. Ular kuchli raqib va xavfli jamoa. Gonduras hatto Meksikaga jiddiy qarshilik ko'rsata olgan. Lekin men uchun eng muhimi shogirdlarimning qay holatda bo'lishi. Agar o'z o'yinimizni namoyish eta olsak, Gonduras bizni to'xtata olmaydi".

Ange Postekoglu shuningdek, jamoa yetakchisi Tim Keyxill haqida ham to'xtalib o'tdi: "U o'yinga to'liq tayyor. Keyxill bizning asosiy futbolchimiz va undan umidimiz katta". 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com